Yoshlar Ventures va Domino Ventures o‘zaro Memorandum of Understanding (MoU) imzoladi.

Tadbir haqida

Yoshlar Ventures va Domino Ventures o‘zaro Memorandum of Understanding (MoU) imzolab, O‘zbekiston startap ekotizimiga yangi sur’at beradigan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu kelishuv nafaqat mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash, balki ularni global maydonga olib chiqish bo‘yicha yangi bosqichni boshlab beradi. Endilikda Domino Ventures hamkorlari O‘zbekistondagi istiqbolli startaplar va chet eldagi o‘zbek diasporasi loyihalarini qo‘llash maqsadida, xalqaro bozorlarga yo‘l olayotgan startaplarning seed raundlarida Yoshlar Ventures bilan birgalikda investitsiya qiladi. Bu — global investor tarmoqlariga kengroq kirish, tezroq kapital va kuchli xalqaro ekspertiza degani. Shuningdek, Domino Ventures vakillarining UzCombinator dasturlarida bevosita ishtirok etib, mentorlik berish tashabbusi yosh asoschilar uchun yangi darajadagi imkoniyatlarni yaratadi. Ular nafaqat tajriba ulashadi, balki global bozor bilan bog‘laydigan real ko‘prik vazifasini bajaradi. Hamkorlik natijasida UzCombinator yanada kuchli platformaga aylanib, mahalliy startaplar uchun yangi kollaboratsiyalar, xalqaro partnerlar va tezlashgan o‘sish yo‘llari ochiladi. Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Gallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar