💎 G‘oya yoshlarniki. Ammo o‘sha g‘oyani bozorga olib chiqish, tadbirkorlarning jasorati bilan birga ishlaganda kuchayadi.
Tadbir haqida
💎 G‘oya yoshlarniki. Ammo o‘sha g‘oyani bozorga olib chiqish, tadbirkorlarning jasorati bilan birga ishlaganda kuchayadi. Bugun 21-noyabrning to‘rtinchi tadbiri sifatida Andijon Texnoparkida tadbirkorlar bilan uchrashdik. Tadbirda 50 dan ortiq faol biznes egalari yig‘ildi — har biri o‘z yo‘nalishida tajribali, lekin startap ekotizimidagi yangi imkoniyatlarga ochiq. Uchrashuv davomida Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov startap va an’anaviy biznes o‘rtasidagi farqlar, angel investitsiya madaniyati, venchur moliyalashtirishning risklari va afzalliklari haqida ochiq suhbat olib bordi. Eng qiziq joyi shunda bo‘ldiki, ko‘plab tadbirkorlar o‘z biznesidagi real muammolarni startap yondashuvi orqali yechish yo‘llarini ko‘rib, aniq savollar bera boshladi. Tadbir oxirida esa: “Noldan Milliongacha” qo‘llanmasining bir qismi tadbirkorlarga taqdim etildi, va bir nechta hamkorlik takliflari muhokama qilindi — Vodiydagi startap muhitini kuchaytirish yo‘lida zarur bo‘lgan qadamlar sifatida. Bugungi kunning xulosasi aniq: Startaplar yoshlarga qanot, tajribali tadbirkorlarga yangi tezlik beradi. ⚡️ Yoshlar Ventures: Sen yarat - biz qanot beramiz.









Avvalgi tadbirlar
Global AI Show – Abu Dhabi 2025
Faol yetakchilar Yoshlar Ventures bilan uchrashdi!
🚀Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?
🚀 3 daqiqada taqdir o‘zgarishi mumkin. Agar Pitch qilishni zo'r bilsangiz.
🚀 O‘zbekistondagi ilks startap lagerida nima gap?
O‘zbekistonning yosh startapchilari venchur dunyosiga qadam qo‘ymoqda.
🚀 “Fintech kelajagi biz bilan!” — yoshlar kelajakka kod yozmoqda!
⚡️ Bugun Yoshlar Ventures jamg’armasi Silkbridge Ventures vakillarini qabul qildi.
Dunyoning eng kuchli startap maktabi — endi o‘zbek tilida.
Amerika Qo'shma Shtatining Kremniy vodiysida Silk Road Innovation Hub doirasida startap pitchlari bo‘lib o‘tmoqda‼️
Biz, ⚡️ Yoshlar Ventures #Vodiy startapchilariga investor oldida pitch qilish bo'yicha MASTER KLASS o'tmoqchimiz?
🗓 Startup Arena #Eco: Demo Day'ga oz qolyapti...!
Kecha o‘tgan StartupTalks — chinakam ilhom manbai bo‘ldi!
Yangi g‘oya bormi? Uni startapga aylantirish va investor topish vaqti keldi!
Toshkent va Samarqandda School 21ning yangi bosqichi boshlandi.
Yoshlar Ventures Buxoroda! 🌟
Yoshlar Ventures Jizzaxda!🌟
Yoshlar Ventures Farg'onada! ⛰
🚀 Yoshlar Ventures x HackUnicorn yozgi oromgohi
Yoshlar Ventures jamoasi Qoraqalpogʻistonda 🚀
Yoshlar Ventures Qoraqalpog‘istonda!🚀
Yoshlar Ventures Qashqadaryoda! 🚀
Yoshlar Ventures Surxondaryoda!🌟