Startup Arena’da 16 ta startap — bitta sahna, bitta imkoniyat.

Tadbir haqida

22-oktabr kuni Yoshlar ishlari agentligida navbatdagi Startup Arena o‘tkazildi. Sahnada: YUKGO, RentMate, Taffi AI, Aqilly, Bozorchi, HETA, Cholgu, Safara AI, Metanchi, Between, Tarteeb, AI BA, Ongila, Osonlife, Magicstore, Logosmart. Har bir startap investorlar oldida 3 daqiqa ichida o‘z g‘oyasini himoya qildi. Pitchlardan keyin esa savol-javoblar, fikrlar va eng muhimi — yangi imkoniyatlar. Baholovchilar orasida: Aloqa Ventures, United Ventures, UzCombinator, Plug and Play va mezbon — Yoshlar Ventures direktori Abdulaziz Yakubov. 🏆 Eng yaxshi pitch egasi — Sardorbek Muminov, o‘zining “Between” loyihasi bilan sahnada yorqin chiqish qildi va maxsus sovg‘a bilan taqdirlandi. Bu faqat pitching emas edi. Bu — jasorat sinovi. Kimdir sarmoya topdi, kimdir yo‘lini. Lekin hamma bir narsani anglab chiqdi: eng katta investitsiya — bu o‘zingga bo‘lgan ishonch.

Gallery imageGallery imageGallery imageGallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar