⚡️ Yoshlar Ventures — O‘zbekiston bo‘ylab ekologik startaplar uchun katta sahnani ochadi!

Tadbir haqida

⚡️ Yoshlar Ventures — O‘zbekiston bo‘ylab ekologik startaplar uchun katta sahnani ochadi! Ekologik muammo bor joyda — yechim taklif qiladigan yoshlar ham bor. Biz esa ularni katta sahnaga chiqaramiz: Startup Arena #Eco — 2025 Agar sizning loyihangiz plastik chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash, ekologik texnologiyalar, sirkulyar iqtisodiyot yoki tabiatga zarar kamaytirishga xizmat qilsa — bu imkoniyat aynan sizga tegishli. Startup Arena #Eco — bu: • Pitch uchun katta sahna • Ekologiya yo‘nalishidagi investorlar va ekspertlar • Kuchli loyihalar uchun moliyalashtirish imkoniyati • Professional fikrlar, tahlil va yo‘naltirish • Butun O‘zbekiston bo‘ylab networking va hamkorliklar Qanday qatnashiladi? 1. Ariza topshirasiz. 2. Arizalar Yoshlar Ventures tomonidan saralanadi. 3. Saralangan eng istiqbolli startaplarga — pitchingni kuchaytirish uchun qisqa tayyorlov darsi taqdim etiladi. Bu bosqichda ular Azizbek Qurbonovning “The Art of The Pitch” kursi"da ishtirok etishadi. 4. Tayyorlangan ishtirokchilar katta finalga chiqadi: 🔥 Startup Arena #Eco: Demo Day Nimalarga ega bo‘lishingiz mumkin: ✅ Investorlar e’tiboriga tushish va muzokaralar ✅ Ekspertlardan amaliy yo‘nalish olish ✅ Loyiha rivoji uchun real imkoniyatlar ✅ Yoshlar Ventures radariga chiqish ✅ O‘zbekiston bo‘ylab tanilish Tanlov kimlar uchun? 18–30 yoshdagi O‘zbekistonning istalgan hududidagi yoshlar qatnashishi mumkin. Loyiha Yoshlar Ventures tomonidan: — Yoshlar ishlari agentligi — Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyot agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. 📅 Arizalar 9-dekabrgacha qabul qilinadi 📍 Demo Day — Dekabr oyining oxiri 🔥 Saralanganlarga pitching bo‘yicha qisqa tayyorlov darsi ⚡️ Yoshlar Ventures: Siz yarating — biz qanot beramiz.

Gallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar