“O‘quv markazlar forumi” boshlandi!

Tadbir haqida

“O‘quv markazlar forumi” boshlandi! Bugun Toshkent shahri, Yoshlar ijod saroyida oʻtayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida Yoshlar Ventures jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Tadbirda respublikaning turli hududlaridan 700 ga yaqin o‘quv markazi vakillari, ta’lim sohasidagi TOP spikerlar, kontent yaratuvchi mutaxassislar va blogerlar jam bo‘lgan. 🤝 Forum davomida biz ishtirokchilarga Yoshlar Ventures ekotizimi, yoshlarga yo‘naltirilgan dasturlar, startaplar bilan ishlash jarayonlari va kelgusi tashabbuslar haqida ma’lumot beryapmiz. Shuningdek, o‘quv markazlari bilan hamkorliklar bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti. 😊 Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Gallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar