💎80 ming dollar… 30 ming dollar… 15 ming dollar.

Tadbir haqida

💎80 ming dollar… 30 ming dollar… 15 ming dollar. 22-noyabr kuni Andijon shahar Yoshlar markazi zalida Startap Arena #Vodiy tadbiri panel sessiya va pitch day formatida boshlandi. 500 dan ortiq yoshlar ikki yarim soat davomida arena mehmoni bo‘ldilar. 🎯 Namangan, Farg‘ona va Andijondan sahnaga chiqqan 7 ta startapchi: AishaAi, Moomkin, Ijarasoft, Enola, Space Agro, Horyco, Echipta — 5 daqiqalik taqdimot va 2 daqiqalik savollarda o‘z startaplarini himoya qilishdi. Baholashni esa 4 nafar mutaxassis amalga oshirdi: — Yoshlar Ventures rahbari — Yoshlar Ventures vakili — Aloqalar Ventures vakili — Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbari 🫴 200 nafar mehmonimiz startapni qanday qurishni qadam-ma qadam o‘rgatuvchi “Noldan Milliongacha startap qanday quriladi” nomli qo‘llanmamizni sovg'a sifatida oldilar — deyarli mini-akselerator. Savol-javobda faol bo‘lgan 20 nafar kuzatuvchi esa maxsus sovg‘alarni qabul qilishdi. Zalda kimdir potensial foydalanuvchi topdi, kimdir investor bilan gaplashdi, kimdir sahna ortida MVP’ni ko‘rsatib qo‘ydi. Coffee break esa networkingning alohida “pitch stage”iga aylandi. Va endi — eng qiziq joyi. Tadbirga kelishdan oldin hech qanday sarmoya kiritish rejasi yo‘q edi. Ammo pitchlar yakunlanib, zalda jimlik bo‘lib qolgan bir paytda... Yoshlar vertures rahbari investitsiya kiritmoqchiman deb jimlikni buzdi. Rejalashtirilmagan, ammo muhim bo‘lgan qaror: 🟢AishaAi — 80 000$ 🟢Moomkin — 30 000$ 🟢IjaraSoft — 15 000$ Ya’ni, umumiy 125 000 dollarlik sarmoya bo‘yicha ishlar shu yerning o‘zida boshlab yuborildi. ⚡️ Yoshlar Ventures — 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 huzuridagi loyiha va bu safargi Arena’da yana bir bor agentlikning yoshlar uchun ochayotgan maydonlarining qanday real imkoniyatga aylanayotganini ko‘rish mumkin. Startup Arena Vodiy 2025 shu tariqa tugadi… va aslida esa kimdir uchun endi boshlandi. 🚀 ⚡️ Yoshlar Ventures: Sen yarat - biz qanot beramiz.

Gallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar