O‘zbekiston yoshlari “Take Off 2025” startap sammitida
Tadbir haqida
O‘zbekiston yoshlari “Take Off 2025” startap sammitida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan 8-“Take Off” xalqaro startap sammitida ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov ham ishtirok etmoqda. Tadbirda yurtimiz startaplari uchun yangi bozorlar va investorlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratish ko'zda tutilgan. Sammit dasturida texnologiya, sun’iy intellekt, fintech, startaplar uchun investitsiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida panel muhokamalari, startaplar pichinglari, investorlar bilan uchrashuvlar va networking sessiyalari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida xalqaro hamkorlar bilan yurtdagi yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, venchur investitsiyalarni jalb qilish va inkubatsiya–akseleratsiya dasturlarini kengaytirishga qaratilgan kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2026-yilda ushbu nufuzli “Take Off” startap sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston startap ekotizimini mintaqaviy markazlardan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!




Avvalgi tadbirlar
Global AI Show – Abu Dhabi 2025
Faol yetakchilar Yoshlar Ventures bilan uchrashdi!
🚀Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?
🚀 3 daqiqada taqdir o‘zgarishi mumkin. Agar Pitch qilishni zo'r bilsangiz.
🚀 O‘zbekistondagi ilks startap lagerida nima gap?
O‘zbekistonning yosh startapchilari venchur dunyosiga qadam qo‘ymoqda.
🚀 “Fintech kelajagi biz bilan!” — yoshlar kelajakka kod yozmoqda!
⚡️ Bugun Yoshlar Ventures jamg’armasi Silkbridge Ventures vakillarini qabul qildi.
Dunyoning eng kuchli startap maktabi — endi o‘zbek tilida.
Amerika Qo'shma Shtatining Kremniy vodiysida Silk Road Innovation Hub doirasida startap pitchlari bo‘lib o‘tmoqda‼️
Biz, ⚡️ Yoshlar Ventures #Vodiy startapchilariga investor oldida pitch qilish bo'yicha MASTER KLASS o'tmoqchimiz?
🗓 Startup Arena #Eco: Demo Day'ga oz qolyapti...!
Kecha o‘tgan StartupTalks — chinakam ilhom manbai bo‘ldi!
Yangi g‘oya bormi? Uni startapga aylantirish va investor topish vaqti keldi!
Toshkent va Samarqandda School 21ning yangi bosqichi boshlandi.
Yoshlar Ventures Buxoroda! 🌟
Yoshlar Ventures Jizzaxda!🌟
Yoshlar Ventures Farg'onada! ⛰
🚀 Yoshlar Ventures x HackUnicorn yozgi oromgohi
Yoshlar Ventures jamoasi Qoraqalpogʻistonda 🚀
Yoshlar Ventures Qoraqalpog‘istonda!🚀
Yoshlar Ventures Qashqadaryoda! 🚀
Yoshlar Ventures Surxondaryoda!🌟