‼️Endi sizda hech qanday bahona qolmadi...
Tadbir haqida
‼️Endi sizda hech qanday bahona qolmadi... Juda ko‘p yoshlar yaratilayotgan ko‘plab qulayliklarga qaramay, imkoniyatlari cheklanganligini, tavakkal qila olmasliklarini aytib o‘zlari yaratib olgan komfort zonasida o‘tirib muvaffaqiyat kutishadi. Lekin tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi. Biz ham o'z faoliyatimiz davomida startap qilayotganlar orasida juda ko‘p iste'dodli, ammo to‘g'ri yo'nalishga ega bo'lmagan yoshlarga duch kelganmiz. Shu sababli bir odam yolg‘iz o‘zi global startap qura olmasligini yaxshi bilamiz. Muammo shundaki, ko‘plab startapchilar hali aniq yo‘l xaritasini tuzish, to‘g‘ri mentorlarni topish va ekotizimdagi imkoniyatlardan to‘liq foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Lekin, endi aynan shu muammoga yechim sifatida 45 kunlik UzCombinator intensiv dasturi tashkil qilindi. Nega UzCombinator⁉️ ✔️1000$ stipendiya — siz faqat startapingizga e‘tibor qaratasiz. Toshkentda yashash, yurish-turish xarajatlarini ushbu dastur qoplab beradi. Siz esa 45 kun o‘z kelajagingiz bilan bo'lasiz. ✔️ Xalqaro ekotizimga kirish. Dastur davomida siz: StarX, Silkroad Innovation Hub, SilkBridge Ventures, Domino Ventures kabi xalqaro tashkilotlar bilan ishlaysiz. Global fikrlash — bu shunchaki balandparvoz gap emas. Bu sizning startapingizni keyingi darajaga olib chiquvchi asosiy kuch bo'ladi. ✔️ DemoDay + 35 000$ investitsiya imkoniyati. Dastur yakunida o‘zingizni quyidagi investorlar oldida tanitasiz: — mahalliy biznes-angellar — venchur fondlar — xalqaro investorlar Yoshlar Ventures esa DemoDay uchun 1 000 000$ investitsiya puli ajratmoqda. Demak, har bir qatnashchi 35 000$ gacha investitsiya olish imkoniga ega. ✔️ Kimlar qatnasha oladi? 30 tagacha 18 yoshdan katta eng kuchli yoshlar tanlab olinadi. Dastur qachon boshlanadi⁉️ UzCombinator — 2026 -yil yanvar oyida start oladi. Ariza topshirishdan oldin 14-dekabrda bo'ladigan taqdimotda qatnashish lozim. Batafsil ma'lumot uchun: @UzCombinatorga yozing! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Avvalgi tadbirlar
Global AI Show – Abu Dhabi 2025
Faol yetakchilar Yoshlar Ventures bilan uchrashdi!
🚀Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?
🚀 3 daqiqada taqdir o‘zgarishi mumkin. Agar Pitch qilishni zo'r bilsangiz.
🚀 O‘zbekistondagi ilks startap lagerida nima gap?
O‘zbekistonning yosh startapchilari venchur dunyosiga qadam qo‘ymoqda.
🚀 “Fintech kelajagi biz bilan!” — yoshlar kelajakka kod yozmoqda!
⚡️ Bugun Yoshlar Ventures jamg’armasi Silkbridge Ventures vakillarini qabul qildi.
Dunyoning eng kuchli startap maktabi — endi o‘zbek tilida.
Amerika Qo'shma Shtatining Kremniy vodiysida Silk Road Innovation Hub doirasida startap pitchlari bo‘lib o‘tmoqda‼️
Biz, ⚡️ Yoshlar Ventures #Vodiy startapchilariga investor oldida pitch qilish bo'yicha MASTER KLASS o'tmoqchimiz?
🗓 Startup Arena #Eco: Demo Day'ga oz qolyapti...!
Kecha o‘tgan StartupTalks — chinakam ilhom manbai bo‘ldi!
Yangi g‘oya bormi? Uni startapga aylantirish va investor topish vaqti keldi!
Toshkent va Samarqandda School 21ning yangi bosqichi boshlandi.
Yoshlar Ventures Buxoroda! 🌟
Yoshlar Ventures Jizzaxda!🌟
Yoshlar Ventures Farg'onada! ⛰
🚀 Yoshlar Ventures x HackUnicorn yozgi oromgohi
Yoshlar Ventures jamoasi Qoraqalpogʻistonda 🚀
Yoshlar Ventures Qoraqalpog‘istonda!🚀
Yoshlar Ventures Qashqadaryoda! 🚀
Yoshlar Ventures Surxondaryoda!🌟