Qashqadaryolik 14 yoshli o’quvchi qizning startapi…

Tadbir haqida

Qashqadaryolik 14 yoshli o’quvchi qizning startapi… ⚡️ Yoshlar Ventures Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga bo’lgan safarida 9, 5, va 98-maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda “Startap nima?”, “Maktab o’quvchisi uni qanday yaratish mumkin?”, “Startaplar uchun qanday imkoniyatlar bor?” kabi dolzarb savollarga javob berildi. Biz ularga kichik yoshda bo'lishlariga qaramay, startaplar olamini tushunib, o‘z g‘oyalari va ixtirolarini hayotga tatbiq etishda eng muhim poydevor, bilim va imkoniyat ekanini yetkazdik. 14 yoshli Hamrokulova Umida yaratayotgan mobil ilova bizni e’tiborimizni tortdi, AI orqali maktab o’quvchilari uchun orzuni maqsadga, maqsadni esa reallikka aylantirish bo’yicha RoadMap qurib unga erishishni nazorat qilish. Ishonamizki bu startapchi qizimiz katta natijalarga erishadilar va bu yo’lda biz ularni qo’llab quvvatlaymiz. Yoshlar Ventures har bir iste’dodli yoshlarga maslahat, mentoring va investitsiya orqali doimiy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini yetkazdik. Tadbir so‘ngida barcha o‘quvchilarga “Noldan Milliongacha: Startap qanday quriladi?” qo‘llanmasini taqdim etdik. Bundan buyon biz ular bilan muntazam ravishda online aloqada bo‘lib, barcha g'oyalarini startapga aylantirishga ko‘maklashamiz! 😊 Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Gallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar