Yoshlar Ventures — yangi strategik ittifoq sari!

Tadbir haqida

Yoshlar Ventures — yangi strategik ittifoq sari! Toshkentdagi American University of Technology (AUT) va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida muhim memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv Yoshlar Ventures faoliyatida yangi ufqlar ochmoqda. 🤝 Hamkorlik doirasida yoshlar uchun: — Innovatsion startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, — AUT bilan birgalikda amaliy internship dasturlarini yo‘lga qo‘yish, — Ta’lim va texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan ekotizim yaratish, — Global maydonga chiqish imkoniyatlarini oshirish rejalashtirilgan. Memorandum — yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni texnologik, kreativ va global fikrlovchi liderlarga aylantirish yo‘lida muhim poydevor bo‘ladi. ⚡️ Yoshlar Ventures — O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar generatori. Biz har bir g‘oyani kuchli startapga aylanishiga ishonamiz. AUT bilan hamkorlik esa bu yo‘lda strategik qadam bo‘lmoqda. Yoshlar ishlari agentli American University of Technology Yoshlar Ventures

Gallery imageGallery imageGallery imageGallery imageGallery image
Ariza yuborish arrow icon

Avvalgi tadbirlar