Bugun, 16-oktabr kuni Termiz shahrida “Yoshlar va investorlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir haqida
Bugun, 16-oktabr kuni Termiz shahrida “Yoshlar va investorlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 dan ortiq yoshlar o‘z startap g‘oyalarini taqdim etdi. Kimdir IT yo‘nalishida, kimdir ekologiya, yana kimdir kichik, ammo yurakdan chiqqan biznes tashabbusi bilan chiqish qildi. ⚡️ “Yoshlar Ventures” direktori Abdulaziz Yakubov yoshlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, nafaqat maslahat, balki haqiqiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taklif etdi. Uchrashuv davomida 13 ta loyiha ko‘rib chiqildi, ulardan 3 tasi fond ekspertiza bosqichiga yo‘naltirildi. Shuningdek, 100 dan ortiq yoshlar venchur jamg‘arma imkoniyatlari bilan tanishdi, jamg‘arma direktori ular uchun mavjud dasturlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo boshqarmasi, AloqaBank, AloqaVentures va StartupGarage hamkorligida o‘tkazildi. Bu uchrashuv nafaqat g‘oyalar taqdimoti, balki yoshlarning tashabbusi va investorlarning ishonchi to‘qnashgan maydon bo‘ldi. Sizda startup bo'lsa ariza qoldiring Yoshlar Ventures qanot beradi ⚡️Yoshlar Ventures: Sen yarat - biz qanot beramiz.




Avvalgi tadbirlar
Global AI Show – Abu Dhabi 2025
Faol yetakchilar Yoshlar Ventures bilan uchrashdi!
🚀Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?
🚀 3 daqiqada taqdir o‘zgarishi mumkin. Agar Pitch qilishni zo'r bilsangiz.
🚀 O‘zbekistondagi ilks startap lagerida nima gap?
O‘zbekistonning yosh startapchilari venchur dunyosiga qadam qo‘ymoqda.
🚀 “Fintech kelajagi biz bilan!” — yoshlar kelajakka kod yozmoqda!
⚡️ Bugun Yoshlar Ventures jamg’armasi Silkbridge Ventures vakillarini qabul qildi.
Dunyoning eng kuchli startap maktabi — endi o‘zbek tilida.
Amerika Qo'shma Shtatining Kremniy vodiysida Silk Road Innovation Hub doirasida startap pitchlari bo‘lib o‘tmoqda‼️
Biz, ⚡️ Yoshlar Ventures #Vodiy startapchilariga investor oldida pitch qilish bo'yicha MASTER KLASS o'tmoqchimiz?
🗓 Startup Arena #Eco: Demo Day'ga oz qolyapti...!
Kecha o‘tgan StartupTalks — chinakam ilhom manbai bo‘ldi!
Yangi g‘oya bormi? Uni startapga aylantirish va investor topish vaqti keldi!
Toshkent va Samarqandda School 21ning yangi bosqichi boshlandi.
Yoshlar Ventures Buxoroda! 🌟
Yoshlar Ventures Jizzaxda!🌟
Yoshlar Ventures Farg'onada! ⛰
🚀 Yoshlar Ventures x HackUnicorn yozgi oromgohi
Yoshlar Ventures jamoasi Qoraqalpogʻistonda 🚀
Yoshlar Ventures Qoraqalpog‘istonda!🚀
Yoshlar Ventures Qashqadaryoda! 🚀
Yoshlar Ventures Surxondaryoda!🌟