O‘zbekiston va AQSh: Youth-driven hamkorlikning yangi sahifasi
Tadbir haqida
O‘zbekiston va AQSh: Youth-driven hamkorlikning yangi sahifasi Bugun Yoshlar Ventures ofisida muhim mehmonni qabul qildik. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston–AQSh munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi. Bu siyosiy kontekst — yoshlar va startaplar uchun real imkoniyatlar degani. Yoshlar Ventures rahbari uchrashuv davomida jamg’armamiz faoliyati, maqsadi va bugungacha erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi. Asosiy urg‘u yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ochish, startaplarni tizimli qo‘llab-quvvatlash va ularni global bozorga olib chiqishga qaratildi. 🇺🇸 Elchi janoblariga Yoshlar Ventures bilan bir qatorda, yoshlar siyosati doirasidagi muhim tashabbuslar: “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Vikistipendiya”, “1000KITOB”, “UzChess”, “Qizlar akademiyasi” loyihalari ham tanishtirildi. Ta’kidlash joizki, AQSh vakillari yoshlar bilan ishlashda Yoshlar Ventures modeli va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar. Biz uchun bu uchrashuv shunchaki tashrif emas. Bu — O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro eshiklar ochilayotganining aniq signali. Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!






Avvalgi tadbirlar
Global AI Show – Abu Dhabi 2025
Faol yetakchilar Yoshlar Ventures bilan uchrashdi!
🚀Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?
🚀 3 daqiqada taqdir o‘zgarishi mumkin. Agar Pitch qilishni zo'r bilsangiz.
🚀 O‘zbekistondagi ilks startap lagerida nima gap?
O‘zbekistonning yosh startapchilari venchur dunyosiga qadam qo‘ymoqda.
🚀 “Fintech kelajagi biz bilan!” — yoshlar kelajakka kod yozmoqda!
⚡️ Bugun Yoshlar Ventures jamg’armasi Silkbridge Ventures vakillarini qabul qildi.
Dunyoning eng kuchli startap maktabi — endi o‘zbek tilida.
Amerika Qo'shma Shtatining Kremniy vodiysida Silk Road Innovation Hub doirasida startap pitchlari bo‘lib o‘tmoqda‼️
Biz, ⚡️ Yoshlar Ventures #Vodiy startapchilariga investor oldida pitch qilish bo'yicha MASTER KLASS o'tmoqchimiz?
🗓 Startup Arena #Eco: Demo Day'ga oz qolyapti...!
Kecha o‘tgan StartupTalks — chinakam ilhom manbai bo‘ldi!
Yangi g‘oya bormi? Uni startapga aylantirish va investor topish vaqti keldi!
Toshkent va Samarqandda School 21ning yangi bosqichi boshlandi.
Yoshlar Ventures Buxoroda! 🌟
Yoshlar Ventures Jizzaxda!🌟
Yoshlar Ventures Farg'onada! ⛰
🚀 Yoshlar Ventures x HackUnicorn yozgi oromgohi
Yoshlar Ventures jamoasi Qoraqalpogʻistonda 🚀
Yoshlar Ventures Qoraqalpog‘istonda!🚀
Yoshlar Ventures Qashqadaryoda! 🚀
Yoshlar Ventures Surxondaryoda!🌟